Sharipov Xusniddin

Sharipov Xusniddin (1933.10.2, Pop sh.) — shoir. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1983). Toshkent qishloq xo’jalik intoning o’rmonmelioratsiya fakultetini tugatgan (1949-54). «Namangan xaqiqati» gazetada adabiy xodim va mas’ul kotib (1956— 60), «O’zbekiston madaniyati» gazetada adabiy kotib (196062), «Sharq yulduzi» jurnalda bo’lim mudiri (1962-69; 1976-77; 1982-83), Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1984-93). Dastlab ikki to’plami — «Nihol» (1956). Sharipov «Ko’ngil buyurgani» (1961), «Quyoshga oshiqman» (1963), «tuproqqa qasida», «Yerning qalbi» (1965), «men sizga aytsam» (1968), «Lirika» (1970), «hayajonli daqiqalar» (1980), «Oh, go’zal» (1981), «xirmon» (1985), «yana visol» (1987), «yor istab» (1992) singari she’riy kitoblar hamda «do’stim Tojiddin» (2001) nomli voqeiy qissa muallifi. Sharipovning she’riy ijodida onazaminga cheksiz muhabbat, o’z mehnati va bunyodkorlik faoliyati bilan mamlakatning gullab yashnashi yo’lida ter to’kayotgan zamondoshlarga hurmat, yuksak insoniy qadriyatlarga sadoqat tuyg’ulari tasviri ustuvorlik qiladi. Sharipovning she’riy ijodida dostonnavislik muhim o’rinni egallaydi. U, ayniqsa, 60—70 yillarda doston janrida samarali ijod qilib, shu davr o’zbek dostonnavisligi taraqqiyot tamoyillarini belgilab bergan: «Quyoshga oshiqman» (1961), «bog’ko’cha bolalari» (1962), «Tanovar» (1965), «Sotvoldidan salom» (1968), «Qilmish qidirmish» (1976), «Insof diyori» (1979), «qaltis yurish» (1999) va boshqalar. Ilmiy-texnik taraqqiyot davrining ma’naviy muammolariga bag’ishlangan «bir savol» (1972) she’riy romani ham bor. Sharipovning «seni sevaman» (1958), «Ota o’g’li» (1964), «Afsona» (1975), «Chollar va kampirlar» (1979), «karvon bexatar bo’lmas» (1986), «yor istab» (1993) singari pesalari respublikamizdagi musiqali drama teatrlarida sahnalashtirilgan. Bir qancha she’rlari qo’shiq bo’lgan. Jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000). Ad.: Saylanma [2 j.li], T., 1983; asiringman, T., 2003.