Shaybon, Shayban

Shaybon, Shayban (13-asr) Jo’jixonning beshinchi o’g’li, Chingizxonning nabirasi, shayboniyyaar bobokaloni. Jo’jixonning qarorgohi — Dashti Qipchoqnit ko’k O’rda degan yerida ulg’aygan. Qoraqurumda bo’lgan qurultoy (1229)da akasi Botuxon b-n birgaliqsa qatnashib, O’qtoyni ulug’xon (qoon) qilib saylashgan. So’ngra Botuxon bilan birgalikda O’qtoyning Xitoyga qilgan harbiy yurishlarida ham hamrohlik qilgan. Xitoy to’la bo’ysundirilgach, Dashti Qipchoqqa — Jo’ji ulusiga qaytgan. Botuxonning Sharqiy Yevropaga qilgan harbiy yurishlarida ham qatnashgan. Ad.: Mirzo Ulug’bek, To’rtulus tarixi, T., 1994; Abul G’ozi y , Shajarayi turk, T., 1992.