Shukurov Ahmadjon

Shukurov Ahmadjon (1909.5.6, Farg’ona viloyati Shavardi qishlog’i — 1990.14.5, Beshariq) — 2-jahon urushi qatnashchisi, serjant. Urushgacha sovxozda ishlagan. 1942 yildan frontda. 336-o’qchi polki (Bryansk fronti 63-armiyaning 5-o’qchi diviziyasi) pulemyotchisi. Oryol viloyatidagi hujum operasiyasi chog’ida Podmaslovo va Zolotaryova qishloqlari uchun bo’lgan jangda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1943). 1944 yil jarohati tufayli armiya safidan bo’shatilgan. Urushdan so’ng qishloq xo’jalik sohasida ishlagan.