Sho’ro’zak botig’i

Sho’ro’zak botig’i — Mirzacho’lning Sharqiy qismidagi botiq. Sirdaryoning qadimiy o’zanlaridan biri. Sho’ro’zak botig’i Janub sharqdan, shimoli g’arbga 60 kilometrga cho’zilgan. O’zan shakliga ega bo’lgan berk pastlik. Uning yon bag’irlari Sirdaryo terrasalariga borib tushadi. Sug’oriladigan yerlar orasida o’yilgan relef shaklida cho’zilgan. Qalinligi 20-30 metrli qumoq, qumli g’ovak, gil tog’ jinslaridan tashkil topgan. Bu jinslar qalinligi 150-200 metrli qumli shag’al toshlar ustida joylashgan. Botiqda turli darajada sho’rlangan o’tloqbo’z va sho’rxok tuproqlar tarqalgan. Tuproqlarning meliorativ holati murakkab.