Shumerlar, shumeriylar

Shumerlar, shumeriylar — Janubiy Mesopotamiya (hozirgi Iroq)da yashagan qadimiy xalq. Oz sonli lingvistik va toponimik ma’lumotlarga ko’ra, Shumerlar mamlakatning tub joy aholisi bo’lmagan. Ular bu hududga kamida miloddan avvalgi 4-ming yillikda kelishgan. Antropologik jihatdan yevropeoid bo’lishgan. S.P. Tolstovning fikricha, Shumerlar tili ko’p jihatdan Oltoy til guruhiga mansub turkiy tillarga o’xshash bo’lgan. Shumerlar dastlab, Mesopotamiyaning katta qismini egallashgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-choragida (ehtimol undan avvalroq) Janubiy Mesopotamiyaning shimolga joylashgan Sharqiy somiylar — akkadlar tomonidan Jan.roqqa siljiganlar. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-yarmida Shumerlar va Sharqiy somiylar yagona — Akkad xalqi bo’lib birlashganlar. Shumerlarda boshqa dinlar qatori tangrichilik ham tarqalgan. Shumer tili Mesopotamiyada din va ilm-fan tili sifatida miloddan avvalgi 2-1-asrlargacha saqlanib qolgan. Shumerlar Mesopotamiyada eng qadimiy yozuv — mixxatning ijodkorlari hisoblanadi.