Sho’rbuloqsoy

Sho’rbuloqsoy (Oltiko’l, Sarmichsoy, Buragansoy, Shahristonsoy) — Tojikiston Respublikasining Sug’d viloyati va O’zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyatining Janubdagi daryo. Uzunligi 92 kilometr, havzasining maydoni 712 km2. Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’ridagi Shahriston dovonidan (3270 metr) boshlanadi. Bosh qismida (chap irmog’i bo’lgan Qumbel jilg’asining quyilish joyigacha) O’rtako’l, undan quyiroqda (Shahriston qishlog’igacha) Oltiko’l, keyin Sarmichsoy, Nijoni qishlog’idan quyida Havotag va O’zbekiston hududiga o’tgach Nurbuloqsoy, Uchqo’rg’on qishlog’idan quyida Sho’rbuloqsoy deb ataladi. Quyilish qismi Xovos temir yo’l stantsiyasidan 4 kilometr shimoliy g’arbda. Asosiy irmoqlari o’ngdan — Kusavli, chapdan — Yaskaksuv. Qor suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi Yaskaksuvning quyilish joyidan pastroqda, Shahriston qishlog’idan 2 kilometr yuqorida — 1,1 m3/sek. Eng ko’p yillik suv sarfi 1,50 m3/sekund, eng kam yillik suv sarfi 0,740 m3/sek. To’linsuv davri apreldan avgustgacha. Suvi sug’orishga sarflanadi.