Shryoder Gerxard

Shryoder Gerxard (1944.7.4, Mossenburg shahri) — Germaniya davlat arbobi. Gyottingen universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1976). 1976 yildan yurist bo’lib ishlagan, so’ng Gannoverda xususiy yuridik ish olib borgan (197890). Shryoder 1963 yildan Sotsial-demokratik partiyaning faol a’zosi, 1978 yildan partiyaning yoshlar tashkiloti — «yosh sotsialistlar» rahbari. 1980 yildan Bundestag — Germaniya parlamenti quyi palatasi a’zosi, ayni vaqtda quyi Saksoniyada Germaniya sosialdemokratik partiyasi yer tashkiloti, 1986 yil quyi Saksoniya parlamentida sotsial-demokratik partiya fraktsiyasi rahbari, 1990 yildan quyi Saksoniya yeri vazir-prezidenti, 1998 yil oktyabrdan Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri.