Shtangentsirkul

Shtangentsirkul (nemischa sterjen va tsirkul) — detallarning tashqi va ichki chiziqli o’lchamlari, Diametrlari va chuqurliklarini o’lchash uchun mo’ljallapgan asbob. Asosiy qismlari: darajalangan shtanga, shtangada suriladigan ramka, darajalangan nonius, yuqori va pastki jag’lar, mikrometrik surgich. Shtangentsirkulning yuqori jag’lari bilan detalning ichki o’lchamlari, pastki jag’lari bilan esa tashqi o’lchamlari o’lchanadi. Shtangentsirkul bilan o’lchangan qiymatning butun sonlari shtanga bo’linmalaridan, millimetr ulushlari esa ramkadagi kokiusdan hisoblanadi. Shtangentsirkulning o’lchash aniqligi 0,1—0,05 millimetr, o’lchash chegarasi 2000 millimetrgacha.