Shtark effekti
Shtark effekti — elektr maydonda spektral chizikdarning ajralishi. yil Shtark 1913 yilda vodorod atomi spektrini o’rganayotganda ochgan. Atomlar va boshqalar kvant sistemalari spektrlarida kuzatiladi. Sistema hosil qilgan zaryadlangan zarralar (mas, atom- syat elektronlar) ning harakati elektr maydon ta’sirida o’zgaradi va Sistema ko’shimcha energiyaga ega bo’ladi; natijada uning energiya sathlari siljiydi va ajraladi. Bu hol spektral chiziqlarning ajralishiga olib keladi. Shtark effekti kvant mexanika asosida tushuntiriladi. Shtark effektining chiziqli va kvadratik xillari farqlanadi. Chiziqli Shtark effektida parchalanish (ajralish) qiymati De elektr maydon kuchlanganligi E ga mutanosib, kvadratik Shtark effektida De qiymati E1 ga mutanosib bo’ladi.