Shriffer jon Robert
Shriffer jon Robert (1931.31.5, Ouk Park) — amerikalik fizik. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1971). Massachusets texnologik intini (1953) va illinoys universitetini (1957) tugatgan. Birmingem universiteti (Angliya) va N. Bor intida (Daniya) (1957-58) o’z bilimini takomillashtirgan. Chikago (1957-60), Illinoys (1959-62) untlarida ishlagan. Pensilvaniya universitetida professor (1962 yildan). Ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi va pasttralar fizikasiga oid. J. Bardin va L. Kuper bilan birga o’ta o’tkazuvchanlik nazariyasini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1972; J. Bardin va L. Kuper bilan hamkorlikda).