Shoberdi baxshi

Shoberdi baxshi (taxallusi; asl nomi Boltaev Shoberdi) (1944.9.4, boysun tumani) — O’zbekiston xalq baxshisi (2000). Termiz universitetining pedagogika fakultetini tugatgan (1972). O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1999). Dostonchilikni Xushboqbaxshidan o’rgangan, asosan do’mbira jo’rligida kuylaydi. Ilk ijodini termalar aytishdan boshlagan («Oypari», «Og’ajon», «nima yomon — shu yomon» va boshqalar). Uning repertuaridan «Alpomish», «Kuntug’mish», «Oyparcha», «sanam Gavhar», «Oltin qaboq», «Suluvxon», «malla savdogar» kabi dostonlar o’rin olgan. «Alpomish» dostonining 1000 yilligi oldidan bo’lib o’tgan O’rta Osiyo baxshilari ko’riktanlovining sovrindori (Termiz, 1999).