Shoh Muzaffar

Shoh Muzaffar (15-asr, Hirot) musavvir va xattot; Sulton Abu Saqd Mirzo hukmronligi (1451 — 1469) davrida ijod qilgan ustoz Mansurning o’g’li. Sulton Husayn davri (1469— 1506)da Alisher Navoiy tarbiyasida voyaga etgan noyob iste’dod egasi, tasavvufga oid asar ham yozgan. Zahiriddin Bobur, Mirzo Muhammad Haydar Shoh Muzaffarga yuksak baho berishib, uning nomini Behzod nomi bilan birga qayd etishgan. Musavvir 24 yoshida vafot etsa ham yirik san’atkor sifatida mashhur bo’lgan. U ishtirok etgan bezakli qo’lyozmalardan: Alisher Navoiyning «Xamsa» asarining 1485 yil Shahzoda Badiuzzamon Mirzo uchun (Buyuk Britaniya, Oksford, Bodli), Safaviy Shahzoda Bahrom Mirzo uchun yaratilgan alohida muraqqa’ (Turkiya, Istanbul, To’pqopu saroyi), Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» (AQSh, Baltimor, Eyzenxaur kutubxonasi) qo’lyozmalari miniatyuralarini ko’rsatish mumkin.