Xoreografiya

Xoreografiya (Yunoncha choreia — raqs va … grafiya) — 1) shartli belgilar asosida yoki so’zlar bilan bayon etish orqali raqsni yozish. 15-asr oxiridan raqsni yozish bo’yicha urinishlar bo’lgan bo’lsada, asosan, 17-asr oxiri — 18-asr boshlaridagina bal va sahna raqsi nazariyasini ishlab chiqilgani tufayli bir guruh frantsuz baletmeysterlari va raqs o’qituvchilari (P. Boshan, R. Fyoye, Fave, P. Romo) raqsni yozib olish tizimini ishlab chiqdilar. «Xoreografiya» atamasi dastlab R. Fyoye tomonidan «xoreografiya, yoxud raqs yozuvi san’ati» kitobi (1700)da qo’llanilgan. 20-asr davomida dunening turli mamlakatlarida raqs yozishning 70 dan ortiq tizimlari joriy qilingan bo’lib, shu asosda xalq raqslari, balet spektakllarini yozib olish yo’lga qo’yilgan. Ularni, asosan, 3 toifaga bo’lish mumkin: rake harakatlarini shartli belgilar bilan ifoda qilish, so’z bilan bayon etish va nota yozuvida shartli belgilar qo’shib yozish. Oxirgi bandi Xitoy va Janubiy Koreyada keng tarqalgan. O’zbekistonda garchi raqs asrlar davomida yashab, rivojlanib kelgan bo’lsada, o’tmishda raqs yozilmagan. Natijada qanchadanqancha mumtoz va xalq raqslari izsiz yo’qolib ketgan. 1936— 41 yillardagina etnograf Iraida vaxta «Katta o’yin» nomli Farg’ona raqs turkumini so’z bilan yozib olgan. Unga G’ulom Zafariy va musiqashunos E. Romanovskaya yaqindan yordam bergan. Shu davrda Usta olim Komilov bilan Tamaraxonim «Doyra darsi» mashg’ulotlarini yaratib, shu asosda yosh ijrochilarni tarbiya qila boshlagan. Ammo rake yozuvini yaratish uchun muayyan bir tizim ishlab chiqish lozim edi. Bu ishni Roziya Karimova raqs harakatlari asosida ishlab chiqdi. «Farg’ona raqsi», «Xorazm raqsi», «Buxoro raqsi», qo’llanmalari, «O’zbek raqslari» darsligi va boshqalar; 2) xalq raqsi yo’nalishidagi va balet spektakllarini ijod qilish san’ati. Shu ma’noda “Xoreografiya” atamasi 19-asr o’rtalaridan qo’llana boshlagan. Shu sababli «baletmeyster» atamasi o’rniga ba’zan «xoreograf» atamasi ishlatiladi; 3) san’atshunoslikda 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridan «Xoreografiya» atamasi umuman raqs san’atini, balet teatrini ifodalovchi keng ma’noda ishlatila boshlandi. Ad..Karimova R., O’zbek raqslari, T., 2003. Muhsin Qodirov.