Havo massalari
Havo massalari — atmosferaning quyi qatlami — troposferannj tarkibiy qismlari. Bir-biridan atmosfera frontlari deb ataladigan oraliq zonalar bilan ajraladi. Havo massalarining sovuq, iliq va mahalliy turlari bor. Trasi yuqoriroq yerlarga borayotgan havo sovuq, o’z trasiga nisbatan sovuqroq o’lkalarga harakatlanayotgan havo iliq, uzoq vaqt bir joyda turib qolgan havo mahalliy Havo massalari deyiladi. Geografik o’rniga ko’ra, Havo massalari 4 zonal tipga bo’linadi: yer sharining sovuq tabiatli yuqori geografik kengliklarida tarkib topgan Arktika havosi, o’rtacha geografik kengliklarda tarkib topgan qutbiy (mo’tadil) havo, tropik va qisman subtropik kengliklarda tarkib topgan tropik havo, quyi geografik kengliklarda (ekvator atrofida) tarkib topgan ekvator Havo massalari. Har bir tipning o’zi yana dengiz va quruqlik Havo massalariga ajratiladi. Havo massalarini yanada mayda (murakkab) tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Yer sharining turli hududlari uchun Havo massalarining statistik ma’lumotlari aniqlangan. Havo massalari tushunchasi iqlimshunoslik va sinoptik meteoro.yugiyaning asosiy tushunchalaridan hisoblanadi.