Hakimov Ne’matjon
Hakimov Ne’matjon (1924 yil, Andijon shahri — 1944.28.1, Volin viloyatining Manevichi tumani) — 2-jahon urushi qatnashchisi, katta serjant. 1943 yil sentabrdan frontda. 115-otliq askarlar polki (1-Ukraina fronti 13-armiya 6-gvardiyachi otliq askarlar korpusining 8-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasi) vzvod komandiri yordamchisi. 1944 yil 28 yanvarda Kozlinichi qishlog’i (Volin viloyati, Manevichi tumani) yaqinidagi Stir daryosi yonidagi jangda jasorat qo’rsatib halok bo’lgan. O’limidan so’ng qahramon unvoni berilgan (1965 yil 6 may). Manevichi tumanidagi balandlik yonida, Andijon shahridagi maydonda va 32-,37-maktablar oldida byusti o’rnatilgan. Volin viloyatining Lusk shahridagi ko’chalardan biriga uning nomi berilgan.