Hamavaron
Hamavaron — ilk o’rta asrlarda Oxarun viloyatining markazi (6-10-asr). G.A.Pugachenkovaning fikricha, Xitoy manbalarida (Syuan Szan) uchraydigan xorumo mulki Hamavaron shahri bilan aynan bo’lgan va u hozirgi Shahrinav shahar xarobasi o’rnida joylashgan. 9— 10-asrlarda Hamavaron shahri savdo markazi bo’lib, unda konchilar va metallurglar o’z mahsulotlarini shaharga kelgan karvonlardagi savdogarlarga sotishgan. 10-asrda konchilar va metallurglar manzilgohlarida hayot so’nganligi bois shahar o’z ahamiyatini yo’qotgan. Hamavaron Qoraxoniylar davrida Qoratog’ deb nomlangan.
O‘xshash so‘zlar
- Hamd
- Hamdamiy Bahrom
- HAMDAMOV ERGASH ABDUSATTOROVICH
- Hamdo’stlik
- Hamdoniylar
- Hamid G’ulom
- Hamid ibn Baqoxo’ja, Hamid Baqoyev
- Hamid Olimjon








