Hindlar, hindustoniylar

Hindlar, hindustoniylar — 1) hindlar —millati, dini, irqiy va tabaqaviy tafovutlaridan qat’i nazar Hindistonning barcha aholisi, shuningdek, boshqa mamlakatlarda yashovchi hindistonliklarni anglatuvchi atama; 2) hindustoniylar — etnik guruh, Hinduston tarixiy viloyatining asosiy aholisi (245 milliondan ziyod, 1990-yillar o’rtalari).656 mingdan ortig’i Hindistondan tashqarida yashaydi. Ko’pgina mahalliy guruhlardan iborat. Hind tilida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, hinduizmga e’tiqod qiladi. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik (bug’doy, sholi, shakarqamish, paxta yetishtirish), bir qismi sanoat korxonalarida band, hunarmandchilik rivojlangan.