Hisoblash mashinasi

Hisoblash mashinasi — axborotlarni to’plash, saqlash va qayta ishlash (hisoblash) masalalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Asosan 3 sinfga bo’linadi: analog hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi va gibrid hisoblash mashinasi. Hozir asosan raqamli Hisoblash mashinasi kengroq qo’llanadi.