Holvaytar

Holvaytar — shirinlik turi. Holvaytar uchun qozonda yog’ yaxshilab dog’lanadi va bir oz sovutilgach, un solib aralashtiriladi. So’ng qozonni olovga qo’yib, un jigarrang tusga kirguncha qovuriladi. Boshqa bir idishda qaynatilgan suvda shakardan sharbat tayyorlanadi. Tayyorlangan sharbat qozondagi qizartirib qovurilgan un ustiga quyiladi. Aralashma qaynagach, olovi pasaytirilib, 20— 25 minut davomida kovlab-kovlab pishiriladi. Holvaytar to’q qizil tusga kirgach, qozon olovdan olinadi. Tayyor Holvaytar likopchalarga suziladi va sovigandan so’ng dasturxonga non bilan tortiladi. Holvaytarning ga’mini yaxshilash uchun shakar yoki qandni eritayotganda ozroq vanilin qo’shish mumkin. Holvaytar, asosan motam va diniy marosimlarda, shuningdek, ayrim oilalarda «arvohlar yo’qlanadigan» payshanba kunlari tayyorlanadi.