Shopur I

Shopur I (? 272) Eron shohi (239 yohud 241 yildan), Sosoniylardan. Ardashir I ning o’g’li. Otasi davrida boshlangan davlat hududini kengaytirish va uni mustahkamlash ishlarini davom ettirgan. U katta hududlarni bosib olgan. 260 yil Edessa yaqinida Rim qo’shinlarini tor-mor keltirib, imperator Valerian hamda uning qo’shinining katta qismini asir olgan. Suriya, Armaniston, Shimoliy Mesopotamiyani bo’ysundirgan (262-263). Shopur I Turon hududiga ham bosqinchilik yurishlari qilib Kushon podsholigita qarshi Hirot, Seyiston, Marv, Girkaniya, Kushonshahr va boshqalar viloyat va shaharlarni egallagan, Sug’d va Choch vohasiga bostirib kirgan. Shopur I davrida Eronda keng miqyosda irrigatsiya va qurilish ishlari olib borilgan, ko’plab shaharlarga asos solingan.