Shopur II

Shopur II (? 379) Eron shohi (309— 379), Sosoniyladan. Shopur II hukmronlik qilgan davrida davlatni mustahkamlab, shoh hokimiyatining obro’sini qayta tikladi. Kushon podsholigi va xioniylarga qarshi bosqinchilik urushlarini olib borgan (346— 347). Keyinchalik xioniylar bilan ittifoq tuzib, 359-363 yillarda Rim imperiyasiga qarshi kurashgan. Bosqinchilik urushlari natijasida Rim imperiyasining katta qismi Sosoniylar davlati tarkibiga o’tgan. Armaniston ham to’la bo’ysundirilgan. Shopur II 369-375 yillarda Kushonlar ustiga 2 marta yurish qilib, har 2 jangda ham qaqshatqich zarbaga uchragan. Shopur II ko’plab shaharlarga, jumladan, Suza shahri o’rnida Eron Xvarre Shopurga asos solgan. Avesto matni maxsus tafsir va tahrir qilinib, yaxlit kitob shakliga keltirilgan. Keyinchalik o’rta asrlar Sharq adabiyotida Shopur obrazi shakllangan.