ARTOBOLEVSKIY IVAN IVANOVICH kim bo’lgan?
ARTOBOLEVSKIY IVAN IVANOVICH (1905.9.10 — Moskva — 1977.21.9.) -mexanika sohasidagi olim, akademik (1946), texnika fanlari Doktori (1936), professor (1929), mashina va mexanizmlar nazariyasi asoschilaridan biri. Moskva oliy o’quv yurtlarida, MDUda ishlagan (1927 yildan). Artobolevskiy mexanizmlar tasnifini rivojlantirib, tekis va fazoviy mexanizmlarning umumiy tasnifini, tekis mexanizmlar kinematikasi va kinetostatistikasini, fazoviy sferik mexanizmlarning tuzilishi va kinematikasi masalalarini, mexanizmlar sintezi, dinamikasi kabi masalalarning hal etilishi yo’llarini ishlab chiqdi.
O‘xshash so‘zlar
- ARTON haqida nimani bilasiz?
- ARTRALGIYA haqida nimani bilasiz?
- ARTRIT haqida nimani bilasiz?
- ARTROGRIPOZ haqida nimani bilasiz?
- ARTROLOGIYA haqida nimani bilasiz?
- ARTROZ haqida nimani bilasiz?
- ARTUR AFSONALARI haqida nimani bilasiz?
- ARTYOM OROLI haqida nimani bilasiz?











