ARTRALGIYA

ARTRALGIYA (Yunoncha arthron — bo’g’im va algos — og’riq) — bo’g’imlar og’rig’i; asosan artrit va artroz, shuningdek brusellyoz, angina, gripp va boshqa ko’pgina yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Artralgiyada bemor darmonsizlanadi, harorati ko’tariladi. O’z vaqtida davolanmasa, zo’rayib, qayta tiklab bo’lmaydigan o’zgarishlarga olib keladi.