Sheroziy

Sheroziy — ko’k tusli Qorako’l teri turi. 1-3 kunlik Qorako’l qo’zilaridan olinadi. Uning gulini hosil qiluvchi ko’k, qora va oq rangli jun tolalarining aralash o’sishi natijasida juda chiroyli tovlanadi. Tolalarning nisbati va uzunligiga qarab Sheroziy terining och Sheroziy (sutsimon va po’latrang), o’rta Sheroziy (havorang, kumushrang, marvaridrang, qo’rg’oshinrang), to’q Sheroziy (oqish rang, sadafrang) turlari bor. Sheroziy teri jingalaklari o’lchami bo’yicha mayda gulli (5 millimetrgacha), o’rta gulli (5-10 millimetr), katta gulli (10 millimetr va undan ortiq) terilarga bo’linadi. O’zbekistonda 10 dan ortiq ixtisoslashgan qorako’lchilik shirkat xo’jaliklarida ko’proq o’rta gulli Sheroziy teri beradigan Qoraqo’l qo’ylari boqiladi.