Sherrington Charlz Skot

Sherrington Charlz Skot (1857.27.11-1952.4.3) ingliz neyrofiziologi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1893 yildan), Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosy (1915 yildan). Kembrij universitetini tugatgan. Neyrofiziologiya (asosan, reflektor faoliyat) sohasidagi fundamental kashfiyot muallifi. Liverpul va Oksford universitetida professor (1895-1913; 1913-1935). Sherrington nerv sistemasining integrativ faoliyati kontsepsiyasini ishlab chiqqan; reseptiv maydon ta’limoti asoschisi. Ilmiy faoliyati Markaziy nerv sistemasi, asosan, orqa miya fiziologiyasi va reflekslarini o’rganishga oid. Sherrington asarlari klinik va eksperimental nevrologiya rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Nobel mukofoti laureati (1932; E.D.Edrian bilan hamkorlikda).