Shilka
Shilka — Rissiya Federatsiyasi Chita viloyatidagi daryo, Zabaykaleda. Amur daryosining chap irmog’i. Ingoda va Onon daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Uzunligi 560 kilometr, havzasining maydoni 206 ming km2. Daryo tog’lar orasidagi tor va chuqur o’zanda oqadi. Asosan, yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Yillik o’rtacha suv sarfi 550 m3/sekund. Noyabrdan muzlab, aprel oxiri — mayning boshlarida muzdan bo’shaydi. Sretensk shahri dan quyilish joyigacha kema qatnaydi, yog’och oqiziladi. Havzasida rangli metall va oltin konlari bor.