Shilling

Shilling — 1) Avstriya Respublikasi pul birligi. 1925 yilda krona o’rniga muomalaga kiritilgan. 1 Shilling =100 grosh. Xalqaro ifodasi AT8. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari=15,57 Shilling; 1 Shilling =43,53 so’m (2002 yil Fevral). 2002 yil 1 yanvardan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar yagona pul birligi — Yevroga o’tishi bilan 2002 yil 30 iyundan muomaladan chiqarilgan. 2) 1960 yildan Somali (5o. 8p), 1966 yildan Keniya (K8p), Tanzaniya (T5p), Uganda (11811) pul birliklari. 1 Shilling = 100 tsent.