Shina
Shina (nemischa) (texnikada) — avtomobil, traktor va boshqalar mashinalarning g’idtsiragi gardishiga kiygiziladigan rezina yoki rezinato’qimali pnevmatik qobiq; g’ildirakning yo’l bilan tishlashishini ta’minlaydi, notekis yo’llardagi turtki va zarbalarni yumshatadi. Kamerasiz va kamerali xillari bo’ladi. Kamerali Shina, asosan, kamera, pokrishka va bort lentasidan iborat. Pokrishka karkas, protektor, yostiqsimon qatlam (breker), yon devorlar va bortlardan tashkil topadi. Karkas pokrishka uchun asos vazifasini bajaradi va kord qatlamlaridan yasaladi. Pokrishka kameraga nasos yordamida yuborilgan havo bosimiga qarshilik ko’rsatadi va uni shikastlanishdan saqlab turadi. Kamerasiz Shinada havoning ichki bosimi ta’sirida pokrishka bortlari g’ildirak gardishi chetlariga zich tegib turadi, bu esa zarur germetiklikni (qavoning sizib chiqmasligini) ta’minlaydi. Shina mashinaning tormoz yo’li uzunligiga, yonilg’i sarfiga va boshqalar omillarga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Vazifasiga qarab, Shinalar yengil avtomobillar va yuk avtomobillariga, qishloq xo’jalik mashinalari (traktorlar, paxta terish mashinalari va boshqalar) ga, yo’l qurilish mashinalariga, Motosikllar va velosipedlarga mo’ljallangan xillarga bo’linadi. Aviasiya, bir relsli (monorelsli) transport va boshqalar uchun mo’ljallanganlari maxsus Shinalar hisoblanadi. Shina ko’p qatlamli rezinato’qimachilik mahsuloti bo’lib, asosan, kauchuk, 2. Shinalardagi rezina, kimyoviy tolalar va armatura materiallari (kordlar)dan avtomatpotok liniyalarida tayyorlanadi.