Sivas

Sivas — Turkiyaning Markaziy qismidagi shahar. Sivas elining ma’muriy markazi. Aholisi 250,3 ming kishi (2000). Qishloq xo’jaligi (donli ekinlar, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Vagonsozlik, tsement, oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Gilam to’qiladi. Universitet bor. Sivasning qadimgi nomlari Kabira, Diaspolis, Sebastiya. 4-asr oxirlaridan — 11-asrning 2-yarmigacha Vizantiya tarkibida bo’lgan. 11 — 14-asrlarda Saljuqiylar, xususan, 12-asr oxiri —14-asr boshlarida Ko’niya sultonligi qo’l ostida bo’lgan. 14-asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida.