Sivar, Sibir

Sivar, Sibir — Xitoy manbalari (milodiy 2-5 asrlar)da «tele» (turk so’zining ayni zamondagi xitoycha talaffuzi) deb nomlangan 44 ta turk kabilalaridan birining nomi. Xitoy manbalarida supi deb ataladi. Turk xoqonligi tashkil topguncha bo’lgan 2 asrdan ortiq davr davomida Adiz, xazar, bulg’or, bijanak, qug’oy, basmil, qipchoq, emak kabi qabilalar bilan birga hozirgi Shimoliy va G’arbiy Qozog’iston hududida yashagan. Turk xoqonligi tashkil topgandan so’ng uning fuqaroligiga o’tib turk deb atala boshlangan.