Singapur bo’g’ozi

Singapur bo’g’ozi — shimolda Malakka yarim orolining eng Janub chekkasi bilan Singapur oroli hamda Janubda Riau arxipelagi oralig’ida. Janubiy Xitoy dengizini Andaman dengizi bilan Malakka bo’g’ozi orqali birlashtirib turadi. Uzunligi 114 kilometr, eni 12 dan 37 kilometr gacha. Eng sayoz joyining chuqurligi farvatyorida 22 metr. Singapur bo’g’ozi orqali xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan dengiz yo’llari o’tgan. Singapur orolida shu nomli shahar joylashgan.