Siydik yo’li
Siydik yo’li, ureter, siydikni buyrak jomidan qovuqqa o’tkazuvchi juft naysimon organ. Qorin bo’shlig’ining orqa devorida, umurtqa pog’onasining ikki tomoni bo’ylab joylashgan. Uzunligi 25-30 santimetr, diametri 1,5— 13 millimetr. Tashqi devori biriktiruvchi to’qimali, o’rtasi silliq muskulli va ichkisi shilliq parda qavatdan iborat. Silliq muskullar siydikning qovuqqa o’tishida qatnashadi.
O‘xshash so‘zlar
- Siydik, peshob
- Siydik ajratish
- SIYDIK TOSHI KASALLIGI
- SIYDIK HAYDOVCHI DORILAR
- Siydik-tanosil sistemasi
- Siydik tutilishi, ishuriya
- SIYDIK CHIQARISH KANALI, uretra
- Siyg’oqlik, siydik tuta olmaslik






