Sistola

Sistola (Yunoncha systole — qisqarish) — yurak bo’lmachasi va qorinchasining alohida, lekin ketma-ket qisqarishi; bunda qon arteriyalarga haydaladi. Bo’lmacha va qorinchalar Sistolasining diastola (bo’shashish) bilan izchil almashinib turishi yurak faoliyati tsiklini (bir maromda ishlashini) tashkil etadi. Odamda yurak muskullari 75 marta qisqarganda, Sistola yurak bo’lmachalarida 0,1 sekund, qorinchalarida esa 0,5 sekund davom etadi.