Shapiro Yakov Iosifovich

Shapiro Yakov Iosifovich (1937.6.7, Ukraina, Olevsk shahri) — haykaltarosh, O’zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi (1976). Toshkent teatr va ras-somlik san’ati institutini tugatgan (1963). Shapiro realizmning akademiya oqimiga xos tasviriy va ifoda yo’llarini qo’llab dastgoh va monumental san’at sohasida ijod qiladi. «Tamtam» (bronza, 1963), «Yo’lovchi» (bronza, 1967) va boshqalar dastgoh san’at asarlari uning ilk ishlari jumlasiga kiradi. Shapironing monumental asarlari: Shastri xaykali (bronza, granit, 1972, Toshkentda), Hamid Olimjon haykali (bronza, granit, 1989, Toshkentda), «Semurg’qush» (1989, AK.Shning Sietl shahrida), Shukur Burhonov byusti (bronza, 1989, qabri ustiga o’rnatilgan) va boshqalar. Shapiro respublika va xalqaro ko’rgazmalar ishtirokchisi; asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va to’plamlarida saqlanadi.