ARXIMED VINTI
ARXIMED VINTI — Arximed ixtiro qilgan suv chiqaruvchi mashina (miloddan avvalgi Arximed vinti. 3-asr). Arximed vinti ikki tomoni ochiq tsilindr quvur bo’lib, o’qiga vint kanali hosil qiluvchi vintli yuza o’rnatilgan. Arximed vintining bir uchi suyuqlikka tushirilib, ikkinchi uchi suyuqlik quyiladigan joyga o’rnatiladi. Vint aylanganda suyuqlik quvurdan ko’tarilib, yuqori teshikdan uzluksiz quyilaveradi. Arximed vintining ishi qiya tekislik printsipiga asoslangan. Shamol yoki suv dvigatellari yordamida harakatga keltiriladigan Arximed vinti quritish va sug’orish ishlarida qo’llaniladi.