ARXIMED QONUNI

ARXIMED QONUNI — gidrostatika va aerostatikanit asosiy qonuni. Miloddan avvalgi 3-asrda Arximed ochgan. Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqdik yoki gaz og’irligiga teng gidro-, aerostatik «ko’tarish kuchi» ta’sir qilishini ifodalaydi. Bu kuch jism sirtiga suyuklik yoki gaz tomonidan ta’sir qiluvchi bosim kuchlarining teng ta’sir etuvchisi bo’lib, yuqoriga tik yo’naladi. Agar jismning og’irligi «ko’tarish kuchi»dan katta bo’lsa, jism cho’kadi, kichik bo’lsa — cho’kmaydi, teng bo’lsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida bo’la oladi. Bu qonun bir jinsli bo’lmagan suyuklik va gazlarga ham taalluqlidir.