Robia al-Adaviya
Robia al-Adaviya (713/714801) — zohidlikning ilk vakilasi. Qashshoq Arab oilasida tug’ilib, cho’ri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojo’yligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolg’izlikda kun kechirgan, keyin Basrada yashagan. Robia al-Adaviya Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori bo’lgan. Allohdan hech bir tama — manfaat ko’zlamay, uni mutlaq sevish — inson ma’naviy hayotining mohiyati ekanini zohidlardan birinchi bo’lib ta’kidlagan. Uning g’oyalari keyingi avlod sufiylari orasida keng tarqalib, Bistomiy, Xalloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va boshqa sufiylar ta’limotining asosini tashkil etgan. Robia al-Adaviya taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, avliyo sifatida ulug’lanadi.