Repetitsiya

Repetitsiya (lotincha repetitio — qaytarish) — 1) teatr, estrada, tsirk tomoshalari, kontsert dasturlari, ayrim chiqishlar, sahnalarni (rejissyor rahbarligida) ko’p marta (butunlay yoki qisman) takrorlash orqali tayyorlashning asosiy shakli; 2) klavishli va boshqa musiqa asboblarida bir tovushning tez takrorlanishi; 3) fortepiano mexanizmi xususiyati, u bir tovushning o’zini tez takrorlash imkoniyatiga ega; oddiy (sekundiga 6-8) va murakkab (sekundiga 12) zarbli Repetitsiya qilish mumkin bo’lgan fortepianolar mavjud.