Risqiyev Rufat Asadovich

Risqiyev Rufat Asadovich (1949.2.10, Toshkent)— bokschi, xizmat ko’rsatgan sportchi (1974), 75 kilogramm vazn toifasida jahon chempioni (1974, Gavana), Olimpiada kumush medali sovrindori (1976, Monreal). Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviyada o’tkazilgan xalqaro turnirlar golibi (196976), Kuba ochiq chempionatining 2 karra chempioni (1973, 1974), O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1977). «Dinamo» sport jamiyatida yo’riqchi (1967— 77), Toshkent politexnika institutida kafedra mudiri (1977— 79), Respublika Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtida murabbiy (1979-84). Risqiyev bokschi hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan «Ringga chaqiriladi» (1979) badiiy filmida bosh rolni ijro etgan. 1999 yildan Toshkentda Risqiyev sovrini uchun o’spirinlar o’rtasida boks musobaqalari o’tkaziladi. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999). Ad.: Ostonov S, «yo’lbars»ning olishuvi, T., 1980; Muhamedov S, Ring qiroli, T., 1992; Sharipova F., Matonat, T., 2002.