Regeneratsiya
Regeneratsiya — 1) texnikada ish bajarib bo’lgan (eski) mahsulotga dast- labki sifatlarini qaytarish. Masalan, iflos mashina moyini tozalash, eski rezinani suyultirib, plastik massa (regenerat)ga aylantirish va boshqalar; 2) issiqlik texnikasida — gazsimon yonish mahsulotlari issiqligidan yonilg’ini, havoni yoki ularning aralashmasini isitishda foydalanish (issiqlik qurilmalarida); 3) yadro texnikasida — reaktorda ishlatilgan yadro yonilg’isini radiokimyoviy va kimyoviy-metallurgik qayta ishlash jarayonlari majmui. Bunda yadro yonilg’isidan yonib ulgurmagan birlamchi va yig’ilgan ikkilamchi yoqilg’i ajratib olinadi. Regeneratsiya radioaktiv parchalardan tozalash va ularni ko’mish bilan birgalikda olib boriladi.