Registr
Registr — 1) raqamli hisoblash mashinasi (RHM) ning kodlarni xotirlashga mo’ljallangan elementi. Har qaysi RHM da turli ishlarga mo’ljallangan Registr to’plami bo’ladi (masalan, Markaziy boshqarish registri). Registrning soni, razryadi va konstruktiv xususiyatlari RHMning umumiy strukturasiga, komandalar tizimiga, Registrning funktsional vazifasiga, RHM ning element bazasiga bog’liq bo’ladi; 2) avtomat telefon va telegraf stansiyalari hamda aloqa uzellarida biron manzilga yuboriladigan abonent axborotlarini raqamlar shaklida qabul qiluvchi va yozib oluvchi qurilma. Yozib olingan axborotdan aloqa o’rnatishda, aloqa uchun xizmat haqini hisoblashda foydalaniladi; 3) xuquqiy ahamiyatga ega bo’lgan, ro’yxat, hisobiy hujjat, qaydnoma.