Regress

Regress — tirik tabiatda organizmlarning soddalashuvidan iborat evolyutsion jarayon. Rus biologi A.N.Seversov (1925) Regressning 2 shaklini ko’rsatadi: 1) biologik Regress — yashash uchun kurashda muhitning o’zgargan tashqi sharoitlariga moslasha olmagan yoki boshqa guruhlar bilan bo’lgan raqobatga bardosh bera olmagan muayyan organizmlar guruhining evolyutsion tanazzulga yuz tutishi. Biologik Regressga uchragan organizmlar soni kamayib, takson areali torayib I boradi; pirovardida guruh yo’qolib ketadi; 2) morfofiziologik Regress, ya’ni umumiy degeneratsiya. Voyaga yetgan organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyati soddalashuvidan iborat. Bu jarayon o’troq yoki parazit hayot kechirishga o’tgan organizmlarda kuzatiladi. Morfofiziologik Regressda, odatda, harakatlanish, sezgi va faol oziqlanishga yordam beradigan organlar hamda Markaziy nerv sistemasi reduktsiyaga uchraydi. Aksincha, organizm hayoti uchun ikkinchi darajali hisoblangan organlar, masalan, jinsiy si- stema progressiv rivojlanadi. Assidiyalar o’troq hayot kechirishga o’tish bilan qon aylanish va nerv sistemasi, xorda reduktsiyaga uchraydi. Parazit hayot kechirishga o’tgan o’simliklarda barglar yo’qolib ketadi, ildizlar reduktsiyaga uchrab, ular o’rniga so’rg’ichlar paydo bo’ladi.