Reaktiv turbina

Reaktiv turbina — ish jismi (gaz, bug’, suyuqlik) ning potentsial energiyasini kinetik energiyaga aylantirib beradigan qurilma. Bunda potentsial energiya faqat qo’zg’almas soploli apparatning parrakli kanallaridagina emas, aylanuvchi ish g’ildiragining parrakli kanallarida ham kinetik energiyaga aylanadi (bu kanallarda ish jismi oqimining reaktiv kuchi vujudga keladi). Ish g’ildiragining parrakli kanallarida vujudga kelgan potentsial energiya miqdorining umumiy foydalanilgan energiyaga nisbati reaktivlik darajasi deb ataladi. Amalda barcha turbinalar muayyan reaktivlik darajasi bilan ishlaydi, lekin reaktivlik darajasi 0,5 dan kichik bo’lmagan turbinagina Reaktiv turbina hisoblanadi. Reaktiv turbinaning aktiv (faol) turbina, reaktiv gaz turbinasi, gidroturbina va bug’ turbinasi kabi turlari mavjud.