Rahimov Abdurashid Mo’minovich
Rahimov Abdurashid Mo’minovich (1945.10.12, Toshkent) — chitgar, O’zbekiston xalq ustasi (1999). Hunarni otasi usta Abdumo’mindan o’rgangan. «Metallremont» kombinatida rassom (1962— 79). 1977 yildan «Usto» birlashmasida chitgar usta. Rahimov ijodida Toshkent matoga gul bosish maktabi an’analarini rivojlantirmoqda, mehnat faoliyatida zamonaviy xom ashyolardan foydalanib an’anaviy uslubda yangi naqsh (gul) mujassamotlarini qo’llagan holda asarlar (dasturxon, choyshab va boshqa buyumlar) yaratadi, zamonaviy bichimdagi liboslar uchun gulli matolar tayyorlaydi.