Radiospektrometr
Radiospektrometr [radio…, spektr va metr) — 510~5 metrdan ortiq (tebranish chastotasi 3YU12 Gts dan kichik) bo’lgan to’lqinlar uzunligidagi radiodiapazonda moddalarning yutish va nurlanish spektrlarini tadqiq qilish uchun mo’ljallangan asbob. Asosiy qismlari: sezgir radiopriyomnik, zarur to’lqinlarga sozlanadigan generator, spektrlarni tahlil qiluvchi analizator va qayd qilish qurilmasi. Radiospektrometrning asosiy ko’rsatkichlari: chastota bo’yicha ajrata olish (farqlash) xususiyati va sezgirligi (ya’ni ma’lum bir kuzatish vaqtidagina namoyon bo’luvchi, moddaning minimal yutuvchi zarralari soni bilan belgilanuvchi ko’rsatkich). Radiospektrometr radiospektroskopiya (laboratoriya tajribalarida elektron paramagnit rezonans yoki yadroviy magnit rezonansni tadqiq qilish)da va radioastronomiya (Masalan, kosmik radionurlanishlar spektrini tahlil qilish) da qo’llanadi.