Rahmatov Mirmahmud Mirahmatovich
Rahmatov Mirmahmud Mirahmatovich (1950.18.2, Toshkent) — ganchkor usta, O’zbekiston xalq ustasi (2002). Usta Mahmud Usmonovnpng shogirdi. Ustozi bilan ishlab hunar o’rgangan; 1966 yil Alisher Navoiy teatri binosining ganch bezaklarini ta’mirlashda qatnashgan. Rahmatov respublika va xorijiy mamlakatlar (Ukraina, Rossiya va boshqalar)dagi jamoat binolarini bezagan, nafis va jozibali bezaklar (masalan, qandil, namoyon, rozetka va boshqalar) tayyorlagan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis, Toshkent shahri hokimiyati binolari, Imom Buxoriy majmuidagi ishlari diqqatga sazovor.