Rahmonov Sobir
Rahmonov Sobir (1910.20.3 — Namangan — 1990.2.12) — O’zbekiston xalq artisti (1961). Dastlab (1927-31) «Tankidiy truppa»da, 1931 yildan Namangan teatrida ishlagan. Rahmonov o’zbek teatrining o’tkir xarakterli, komik aktyorlaridan. Hidoyatxon, Mullado’st, Xolmat (Hamza, «Maysaraning ishi», «boy ila xizmatchi»), Qo’ziev (A. Qahhor, «Shohi so’zana»), Toshbolta (H. G’ulom, «Toshbolta oshiq»), Huzurxuja (K. Yashin, «Nurxon»), Xuja Nasriddin (A. Xachaturov, L. Solovyova, «Nasriddin afandi»), Xlestakov (N. Gogol, «Revizor»), Masxara (U. Shekspir, «Qirol Lir»), Zargarov (A. Qahhor, «og’riq tishlar»), Gof Marshal (F. Shiller, «Makr va muhabbat»), kablayi (Urdubodiy, «besh sumlik kelin») kabi rollari unga katta shuhrat keltirdi. Uning qahramonlari yengil kinoya, piching bo’yoqlari bilan yo’g’rilganligi, psixologik holat va imkoniyatlarni burttirib ko’rsatishi bilan ajralib turadi. Rahmonov kontsertestrada faoliyatida komik artist sifatida o’z repertuari («Nozigim», «Mayda pul», «Inkadar», «dadang kelmadi», «dangasa», «ichmayman hargiz» va boshqalar kulgili tomoshalar)ni yaratgan. Bir qancha hajviy va yumoristik kichik hikoyalar ijod qilib «bir aktyor teatri» sifatida ijro etgan. Rahmonov G’aybullo (1940.2.9, Qashqadaryo viloyati, hozirgi Kasbi tumani Xo’jahayron qishlog’i) — qishloq xo’jalik novatori, O’zbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini Kasbi tumanidagi hozirgi Navoiy nomidagi shirkat xo’jaligida traktorchilikdan boshlagan. Sharof Rashidov nomidagi shirkat xo’jaligida paxtachilik brigadasi boshlig’i (1975-82). 1982-86 yillarda bo’lim boshqaruvchisi. 1986 yildan shu xo’jalikda oilaviy pudratchi. Rahmonov rahbarlik qilgan jamoa uzoq yillar davomida paxta, g’alladan yuqori hosil yetishtirishga erishdi. 1998 yilda 38 gektar maydondan 38,5 tsentnerdan paxta, 60 gektar maydondan 42,3 tsentnerdan g’alla (2002 yilda 48 gektar maydondan 62 tsentnerdan g’alla, 46 gektar yerdan 43 tsentnerdan paxta) hosili olindi.