Rassomlik san’ati

Rassomlik san’ati — asarlari biror yuza (qog’oz, mato, taxta, devor va boshqalar)ga bo’yoq (akvarel, moybo’yoq, tempera, guash, yelim-bo’yoq), qalam, rangli tosh, shisha va hokazolarda ishlanadigan tasviriy san’at turi. Qanday xom-ashyodan va qanday ishlanishiga qarab rangtasvir va grafikaga ajratiladi. Rangtasvirda rang muhim o’rin egallaydi va uning xarakterli tomonlarini belgilaydi; grafikada asosan chiziq, oq-qora bo’yoq dog’lari asosiy bo’lib, rang ikkinchi darajali o’rin tutadi, ko’p hollarda shartli, ramziy ma’noda asarning g’oyaviy emotsional tomonini kuchaytirish maqsadida uni qo’llash mumkin. Masalan, plakatpz. rangi qizil buyum ko’k, sariq va boshqa rangda berilishi mumkin va hokazolar. «Rassomlik san’ati» iborasi 20-asr 50-yillaridan qullanilib, dastlab rangtasvirni ta’riflash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda, shuningdek, badiiylik ma’nosida ham qo’llaniladi. Rassomlik san’ati qadimgi bo’lib, rangtasvir va grafika bir-biri bilan uzviy bog’liq holda rivojlangan. Davr o’tishi bilan professional san’atning kuchayishi ularni mustakdl san’at turlariga ajrata boshlagan. Uyg’onish davri va undan keyingi davrlarda Rassomlik san’ati ifoda vositalari boyib borgan, mutaxassislar etishib chiqqan, texnika va texnologiya o’zgarib yangilanib borgan. Rangtasvir va grafikani bir-biridan aloxdda ajratish qiyin, chunki har bir ijodkor ularning har ikkisida ham ijod qiladi, ijodkor faoliyatiga baxr berish faqat ulardan qay birining yetakchiligiga bog’liq. Masalan, L.Abdullayev rang-tasvir va grafikada ham mehnat qilgan, lekin rangtasvir ustasi sifatida e’tirof etiladi. Ch.Axmatov, N.Kashina va boshqalar ijodida ham shu xrlni ko’rish mumkin, ular ijodida fafikaning ayrim tur va ko’rinishlari o’z ifodasini topgan, xolos. V.Kaydalov, Q. Basharov va boshqalar ijodida rangtasvir asarlari mavjud bo’lsa xam, ular fafik rassomlar qatoridan o’rin olgan. O’zbek kitob grafikasining asoschisibo’lgan I.Ikromovni, rassom N. Xoliqov, A.Bobrov, F.Kagarov va boshqalarni grafik rassomlar sifatida e’tirof etish mumkin.