Kaliforniya qo’ltig’i
Kaliforniya qo’ltig’i – tinch okeandagi qo’ltiq. Shimoliy Amerikaning g’arbiy sohilida. Okeandan Kaliforniya yarim oroli bilan to’silgan. Maydoni 180 ming km2. Uzunligi 1240 kilometr, kengligi 220 kilometr, eng chuqur joyi 3292 metr. Gidrologik rejimi bo’yicha — dengiz. Iqlimi subtropik iklim. Suvining temperaturasi qishda 15-21°, yozda 28° gacha. Sho’rligi 35,1 — 35,5%s. Baliq (kambala, skumbriya, tunes) ovlanadi. Sharqiy sohilida Guaymas (Meksika) porti joylashgan. Kolorado daryosi quyiladi.