Oila
Oila — nikoht yoki tug’ishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning a’zolari ro’zg’orining birligi, o’zaro yordami va ma’naviy mas’uliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, Oila a’zolarining turmush sharoitini va bo’sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta’sirida o’zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat o’zgarib mos Oila tipini, oilaviy munosabatlarni o’rnatadi. Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo’lmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar to’da-to’da bo’lib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib-qoidaga ega bo’lmay, to’dadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy yer-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, so’ngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruhli Oila paydo bo’lgan. Lekin, bu Oilalarda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xo’jalikka ega bo’lmagan. Bu davrda tabiiy omil o’z vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasidan qon-qarindoshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi. Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mahsulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan o’zgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli bo’lishi, ona mulkiga merosxo’r sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota huquqiga asoslangan patriarxal Oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual Oilaning o’tmishdoshi — monogam Oila vujudga kelgan. Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o’zida sinovdan o’tkazadi. Yaxshilarini o’z bag’rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila o’z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang’ich ijtimoiy yo’nalish beradi. O’z farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qo’shish bilan esa Oila jamiyat yo’nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma’rifatini ham belgilashga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun ham Sharqda Oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblanib kelingan. Xususan, o’zbek Oilalarining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. O’zbeklarda Oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta ro’zg’or tutishi, farzandlarni odobli, ma’naviy yetuk bo’lib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. o’zbek Oilalari o’zlarining mustahkamligi, Saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi. O’zbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar Oilani mustahkamlashda muhim o’rin egallaydi. O’zbekiston hukumati Oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko’ra, Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanadi, u jamiyat xdmda davlat tomonidan muhofazada bo’lish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo’yicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari to’g’risida» 1994 yil 22 avgustda farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam berishning ko’lami kengaytirildi. Oilani jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan o’rni va ishtirokini yanada oshirish, Oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 1998 yilni «Oila yili» deb e’lon qildi. Shunga asosan, Oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar to’g’risida davlat dasturi ishlab chiqildi. O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi huzurida Respublika «oila» ilmiy- amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasining oila kodeksi qabul qilingan. Ad.: Rizouddin ibn Faxriddin, oila, T., 1991. Ochiya Bursev, Akmal Saidov.